Bugun kunning ikkinchi yarmida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi o‘tgan yilda erishilgan natijalari yuzasidan taqdimot qilmoqda.
Taqdimotni institut direktori Olim Alimardonov amalga oshiryapti.
2024-yilda institutda yaratilgan ingichka tolali “Termiz-202” va “SP-1607” g‘o‘za navlari davlat reyestriga kiritildi hamda rayonlashtirildi. Ingichka va o‘rta tolali g‘o‘za navlarining tizmalaridan 3 ta g‘o‘za naviga patent olishga hujjat topshirildi. 1 ta ingichka tolali g‘o‘za naviga patent olindi.
Institutda yaratilgan ingichka va o‘rta tolali g‘o‘za navlarini bir-biri bilan chatishtirish orqali 1 ta nol tipga mansub o‘rta tolali g‘o‘za navi yaratilgani haqida ma’lumot berildi.

