INGICHKA TOLALI PAXTACHILIK
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
FAOLIYATI TO'G'RISIDAGI MA'LUMOT

1. Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi ilgari O'zPITIning Surxondaryo paxtachilik tajriba stansiyasi 1954-yilning dekabr oyida tashkil topgan.
2. Tajriba stansiyasining seleksioner olimlari tomonidan o'z davrida ingichka tolali g'o'zaning Termiz-7, Termiz-14, Termiz- 16, Termiz-24 va Termiz-31 navlari yaratilib, viloyatimizda va Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida, qo'shni Afg'onistonda katta maydonlarga ekilgan so'ngi yillarda tajriba stansiyasi seleksioner olimlari tomonidan ingichka tolali g'o'zaning Termiz-202, Termiz-208, SP-1607, ST-1651 va o'rta tolali g'o'zaning qurg'oqchilikka chidamli serhosil O'ZPITI-1602, O'ZPITI-1604, Sherobod-ShN navlari yaratilib davlat nav sinash shaxobchalaridan sinov o'tgan, yangi yaratilgan ingichka tolali Termiz-202, Termiz-208 va o'rta tolali O'zPITI-1604, Sherobod-ShN navlari uchun patent olingan.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-170-sonli qarori bilan;
- Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o'rinlarda-institut) tashkil etildi.
-yangi institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
-g'o'zaning ingichka tolali yangi navlarini yaratish va ularning birlamchi urug'chiligini tashkil etish;
- g'o'zaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtirishda tuproq unumdorligini oshirish va resurs tejaydigan agrotexnologiyalardan foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Qishloq xo'jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, g'o'zaning ingichka tolali yangi navlarini yetishtiruvchi sub'ektlarning malakasini oshirish;
Yetakchi mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, sohaga mahalliy va xorijiy grantlarni va investitsiyalarni jalb etishdan iborat bo'lgan va muhim vazifalar yuklangan.
Institutda ilmiy yo'nalishlar bo'yicha 7 ta laboratoriya:
1. Boshlang'ich ashyo yaratish laboratoriyasi.
2. Intensiv navlar seleksiyasi laboratoriyasi.
3. Amaliy va malekulyar genetika laboratoriyasi.
4. Birlamchi urug'chilik va urug'shunoslik laboratoriyasi.
5. Biotik va abiotik omillarga bardoshligini baholash laboratoriyasi .
6. Tolaning texnologik sifat ko'rsatgichlarini aniqlash laboratoriyasi .
7. Yangi va istiqbolli g'o'za navlari agrotexnikasi laboratoriyasi.

© 2025 Ingichka tolali paxtachilik
ilmiy-tadqiqot instituti 

AI Website Creator