Surxondaryoning iqlimi, unumdor tuprog‘i ingichka tolali g‘o‘za yetishtirish uchun juda qulay. Shu bois so‘nggi yillarda soha olimlari oldiga ingichka tolali g‘o‘zaning yangi serhosil va resurstejamkor navlar yaratish vazifasi qo‘yilmoqda.
Bugun Milliy markazda Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institut bilan masofadan turib o‘tkazilgan seminar-trening ham ayni mavzuga bag‘ishlandi.
“Global iqlim o‘zgarishiga mos ingichka tolali g‘o‘zaning birinchi tip tolali navlarni yaratishning zamonaviy tizimini yaratish” mavzusida ma’ruza qilgan seleksioner olim Hilola Chorieva ingichka tolali g‘o‘zaning o‘zi yaratigan “Termiz-202” navining xususiyatlari va boshqa navlardan afzal jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Seminar davomida so‘nggi yillarda ingichka tolali paxtaga bo‘lgan talabning ortayotgani, ilmiy muassasa tomonidan joriy yil hosili uchun 40 ming gektar maydonga ekish uchun urug‘lik zaxirasi yaratilganligi ma’lum qilindi.


