Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida natijadorlik o‘rganildi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligining Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Ataqulov hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Sohibjon Islomov Milliy markaz tizimidagi Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot Institutining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv jarayonida institutdagi laboratoriyalar, ilmiy maqolalar, hisobotlar, patent va ilmiy loyihalar shuningdek, kadrlarning salohiyati, bino va infratuzilma, ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarish jarayonlari, chigit ekish holati, g‘alla va boshqa ekinlarning rivojlanish darajasiga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida institut olimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda institut tomonidan yaratilgan paxta navlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishlariga mos g‘o‘za navlarini yaratish va ularga zamonaviy agrotexnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha dolzarb takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, institutning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishilib, yangi keltirilgan zamonaviy texnikalar, laboratoriya jihozlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini yaxshilashga qaratilgan uskunalar ko‘zdan kechirildi. Barcha mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх