DRAYVER ILMIY LOYIHALAR MUHOKAMASI

Muhokamada dastlab Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri B.Salomovning “Marker va zamonaviy seleksiya usullarini qoʻllab sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini atrof-muhit va insonlar salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan serhosil, yuqori sifatli, biotik va abiotik stress omillarga chidamli yangi nav va duragaylarini yaratish” mavzusidagi taqdimoti tinglandi.
B.Salomovning ilmiy tadqiqot ishining yangiligi:
Ilk bor Oʻzbekiston sharoitida introduksiya qilingan piyozdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekini rokambolning qimmatli xoʻjalik belgilari aniqlangan;
sarimsoq va rokambol nav namunalarining yuqori hosilli, piyozbosh va piyozchalari katta boʻlgan istiqbolli namunalari boshlangʻich manba sifatida ajratib olingan;
sarimsoqning yangi “Surxon vohasi”, “Janub” va rokambolning yangi “Baraka” navlari respublikamizda ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan oʻzining ertapisharligi, piyozboshlarning yirikligi, piyozchalar vaznining yuqoriligi, serhosil va eksportbopligi bo’yicha ustun ekanligi isbotlangan.

Shuningdek, drayver ilmiy loyihalar muhokamasining video-konferens aloqa shaklida o’tgan qismida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri K.Tadjiyevning “Global iqlimning oʻzgarishi sharoitida gʻoʻzaning G.Barbadense L. navidan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda oʻsishini boshqaruvchi regulyatorlar, immun tizimini mustahkamlovchi immunomodulyatorlar hamda antistressantlar hamda biologik moddalardan foydalanish samaradorligi” borasida olib borayotgan tadqiqot natijalari ham tinglandi.

Taqdimotchilarga ekspertlar tomonidan zarur tavsiya va takliflar berildi.

Прокрутить вверх